Biz haqimizda
Home » Biz haqimizda
Kompaniya haqida
Oltin Tourism brendi 2017-yilda tashkil etilgan Oltin Media kompaniyasiga tegishli. Oltin Tourism jamoasi faqat yuqori sifatli turizm mahsulotlarini taqdim etish uchun birlashgan turizm mutaxassislaridan iborat. Premium mijozlarga xizmat ko’rsatishning asosiy tamoyillariga asoslanib, kompaniya eng talabchan sayyohlarning ishonchini va hurmatini qozondi.
Hozirgi kunda sayyohlik kompaniyasi nafaqat xalqaro turizm bozoriga qaratilgan, balki o’z xizmatlarini O’zbekistonning ichki turizm sektoriga ham faol ravishda taklif qilmoqda.
Oltin Tourism ® o'z mijozlariga quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
- Jismoniy va yuridik shaxslar uchun shaxsiylashtirilgan turlarni rejalashtirish bo’yicha yordam;
- O’zbekiston fuqarolari va xorijiy sayyohlar uchun viza yordami;
- MICE (korporativ turizm va biznes uchrashuvlari);
- Barcha yo’nalishlar va aviakompaniyalarga aviachiptalarni qidirish va bron qilish;
- Ta’lim turizmi
- Imtiyozlar, bonuslar va chegirmalarning maxsus dasturi.
Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm va xalqaro ta’lim sohalarida xizmat ko’rsatish darajasini oshirish, O’zbekiston va boshqa mamlakatlar aholisi uchun global sayohatlarni yanada qulayroq qilishdir.
LITSENZIALANGAN XIZMAT !




